Veche

Veche (qadimgi slavyancha vet-kengash)-qadimgi va o’rta asr Rus davlatidagi xalq majlisi (X-XIV asrlar). Unda muhim jamoat ishlari muhokama etilgan va hal qilingan. XI asr-XII asr 2-yarmida rus shaharlarida knyaz hokimiyti susayishi munosabati bilan, Vechening faoliyati kuchaygan. Veche urush va tinchlik masalalarini hal etgan, knyazlarni chaqirtirgan va haydagan, qonunlar qabul qilgan, boshqa mamlakatlar bilan bitimlar tuzgan va boshqalar. Novgorod, Pskov va Vyatka yerlarida XV asr oxiri-XVI asr boshlarigacha saqlanib qolgan.