Veto

Veto (lotincha veto-man etaman, taqiqlash, man qilishl davlatning biror organi tomonidan boshqa organ qarorining amalga oshirilishiga to’sqinlik qilish uchun tamomila yoki shartli ravishda taqiqlab qo’yish. Rim quldorlik respublikasida plebey tribunlarning Veto huquqi plebeylar manfaatini himoya qilgan. O’rta asrlarda monarx va yuqori palatalarning Veto huquqlari burjuaziya bilan dvoryanlar o’rtasida dvoryanlar foydasiga o’zaro yon berish vositasi edi. Hozirda davlat boshlig’i yoki parlamentning yuqori palatasi tomonidan qonun chiqaruvchi organ yoki uning quyi palatasi tomonidan qabul qilingan qonunning kuchga kirishini vaqtincha yoki tamomila man qilish huquqi.