Vegetatsion uy

Vegetatsion uy — devorlari va tomi oynavand, shamollatib turishga moslashtirilgan kichik bino, turli vegetasion tajribalar olib boriladi. Oynavand uy yonida metall to’r bilan o’ralgan (parrandalardan himoya qilish maqsadida) maxsus maydoncha bo’ladi. Tungi sovuq paytida va ob-havo ayniganda vegetasion idishlarda o’stirilgan o’simliklar joylashtirilgan vagonchalar temir izlar orqali g’ildiratib uyga kiritib, kunduz kunlari va havo iliq paytlarda esa yana maydonchaga chiqarib qo’yiladi. Vegetatsion uy mumkin qadar ko’proq yorug’lik bilan ta’minlangan va yaxshilab shamollatib turiladigan bo’lishi kerak. Shunga ko’ra, Vegetatsion uylar soya tushmaydigan ochiq joyga quriladi. Binoda tajribaga tayyorgarlik ko’rish uchun yordamchi xonachalar ham bo’ladi. O’zbekistondagi qator ilmiy tadqiqot institutlarida zamonaviy jihozlangan Vegetatsion uylar qurilgan.