Venera

Venera-Qadimgi Rimda bahor ma’budasi va bog’dorchilik hamda poliz-sabzavotchilik homiysi. Keyinchalik yunon ma’budasi Afroditaga taqqoslanib, muhabbat va go’zallik ma’budasiga aylantirilgan. San’atda Venera ideal ayol go’zalligini ifodalaydi.