Veno

Veno (qadimgi Ruscha veno, polshacha wiano, chexcha veno, lotincha venum-savdo)-Yevropaning ayrim mamlakatlarida feodal jamiyat davrida kuyov tomonidan kelin uchun uning qarindoshlariga, ba’zan jamoaga to’langan haq. Dastlab (IX-X asrlarda) Venoning hajmi ancha katta bo’lgan. Rus manbalarida (masalan, “Muvaqqat yillar qissasi”) X-XI asrlardan tilga olinadi. Oilaviy munosabatlar evolyutsiyasi natijasida Veno ramziy urf-odatga aylangan Venoni O’rta Osiyo xalqlaridagi qalinga muqoyasa qilish mumkin.