Vofurush

Vofurush (forscha-ochiq, furush-sotuvchi)-1) Turkistonda XX ar boshlarigacha bozor va guzarlarda poyabzal sotuvchi do’kondor. Vofurushlar, odatda, maxsi, kovush, etik sotishgan, ba’zan o’zlari ham poyabzal tayyorlashgan, kosiblardan arzon-garovga olib, qimmatroq narxda pullashgan. Xususiy hunarmandchilik davrida Turkiston bozorlarida Vofurushlik avj olgan; 2) ba’zi shaharlarda, xususan, Toshkentda egar olib sotuvchi do’kondor.