XALQARO KONVENTSIYALAR
XALQARO KONVENTSIYALAR – xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda, biron-bir ixtisoslashgan sohada o’zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Ko’p tomonlama Xalqaro konventsiyalar umumiy xarakterdagi normalarni o’z ichiga oladi (masalan, xalqaro gumanitar huquq bo’yicha 1899 va 1907 yillardagi gaaga konventsiyalari, 1949 yildagi Jeneva konventsiyalari va boshqalar). Aksariyat Xalqaro konventsiyalar BMT va uning ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.
O‘xshash so‘zlar
- XALQARO SUD
- XALQARO SUD
- XALQARO SAVDO
- XALQARO HUQUQ
- Xalqaro huquq
- Xalqaro kredit
- XALQARO KREDIT
- Xalqaro tillar


