YANGI YULDUZLAR

YANGI YULDUZLAR — to’satdan portlaydigan, portlashi chaqnab ketish va qobig’ini tashlash bilan yuz beradigan hamda ushbu qobig’i juda katta tezlik (ko’pincha bir necha 100 kilometr/sekunddan to 1000 kilometr/sekundgacha) bilan kengayadigan yulduzlar. Ayrim hollarda qobiqning kengayishi undan ham katta tezlikda sodir bo’ladi. Masalan, Burgut turkumidagi yangi yulduz 1918 yilda chaqnab, qobig’i 1700 kilometr/sekund tezlik bilan kengayishi aniklangan. Keyinchalik (1922, 1926 va 1931 yillarda) olingan fotosuratlarda gaz qobig’i ham kengayib borayotgani kuzatilgan. O’sha va boshqa fotosuratlar bilan olib borilgan o’lchashlar shuni ko’rsatadiki, qobiqning radiusi taxminan yiliga 1 kattalashib borgan. Ushbu yangi yulduzgacha bo’lgan masofa 1200 yorug’lik yiliga teng chiqqan. Portlagunga qadar uning ravshanligi taxminan +5 bo’lsa, portlagandan keyin uning ravshanligi maksimumga (—8t ga) yetgan. Yangi yulduzlarda maksimum ravshanlik (yorqinlik) ka erishish to’satdan (atigi bir necha o’n soatda) yuz bersa, maksimumdan keyingi pasayish juda sekin (bir necha oy, yil va hatto o’n yillarda) ro’y berib, o’z holiga uzoq muddatda qaytadi. Yangi yulduzlar «sekin» va «tez» o’z holiga qaytuvchi turlarga bo’linadi. Masalan, yuqoridagi Burgutning yangisi «tez» yangi yulduz, 1934 yilda portlagan Gerkulesning yangisi esa «sekin» rivojlanuvchi yangi yulduz hisoblanadi. Ko’pchilik Yangi yulduzlar bizdan juda uzoqda joylashgan. Ularning mutlaq kattaliklari quyoshnikiga teng bo’lsa ham ko’rinish darajalari 10-15 marta kuchsiz hisoblanadi. Portlaganidan so’ng yangi yulduz asta-sekin o’zining dastlabki holatiga albatta qaytadi. Bizning Galaktikamizda kuzatiladigan Yangi yulduzlar paydo bo’lishi hodisasi va oddiy chaqnashi yiliga 20-30 tani tashkil qiladi. Aslida esa Galaktikamizda yiliga yuzdan ortiqYangi yulduzlar hodisasi sodir bo’ladi. Yangi yulduzlar qayta chaqnab yana «yangi» jarayon ro’y berishi mumkin. Masalan, Shim. tojning T si (1866, 1966 yillarda chaqnagan), kompasning T si (har 20 yilda chaqnab turadi) qayta Yangi yulduzlar hisoblanadi. Barcha yudduzlar portlashlari ichida eng samaralisi o’ta Yangi yulduzlarning portlashi hisoblanadi. Agar normal yangi yulduz portlaganda o’z ravshanligini taxminan 500 000 marta oshirsa , o’ta yangi yulduzning ravshanligi (chaqnashi) 100 000 000 marta oshadi. Uning maksimumdagi mutlaq qiymati kamida — 16t,5 ga teng. Hisoblashlar va kuzatuvlarga ko’ra, Galaktikada o’ta yangi yulduz taxminan 400 yilda bir marta paydo bo’ladi. Yangi va o’ta Yangi yulduzlar hodisalari boshqa galaktika- larda yaxshi kuzatiladi. Salohiddin Nuritdinov.