YAQIN SHARQ

YAQIN SHARQ — Osiyoning g’arbiy va Janubiy g’arbiy hamda Afrikaning shimoliy Sharqiy qismidagi hududlarning nomi. Yaqin Sharqda Misr, Sudan, Bahrayn, Birlashgan Arab Amirliklari, Iordaniya, Iroq, Isroil, Falastin Muxtoriyati, Kipr, Quvayt, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya, Turkiya, Ummon, Yaman, Qatar kabi davlatlar va amirliklar joylashgan. G’arb adabiyotlarida Yaqin Sharq hududini Eron va Afg’oniston bilan birga O’rta Sharqdeb atash qabul qilingan. 19-asr va 20-asr boshlarida Yaqin Sharq tushunchasiga Usmonli turk imperiyasi, jumladan, Bolqon yarim oroli ham kiritilgan.