YERGA YAQIN HAVO QATLAMI

YERGA YAQIN HAVO QATLAMI – 1) yer sirtidan to 50-100 metrgacha qalinlikdagi havo qatlami. Bu qatlamda balandlik oshgan sari turbulent (tartibsiz) almashish koeffisienti ham orta boradi, natijada meteorologik elementlarning vertikal gradientlari (balandlik bo’yicha masofa birligida o’zgarish kattaligi) yuqori havo qatlamlaridagiga nisbatan o’n va yuzlarcha marta katta bo’ladi. Shamol tezligi orta boradi, yo’nalishi esa deyarli o’zgarmaydi. Balandlik ortishi bilan havo temperaturasi kunduzi pasayadi, kechasi ko’tarila boradi; 2) yer sirtidan to 1,5—2,0 metr balandlikkacha bo’lgan havo qatlami. Bu qatlamda meteorologik hodisa va jarayonlar ma’lum joyning xususiyatiga uzviy bog’liq holda yuz beradi, kechasi temperatura va namlikning katta vertikal gradientlari kuzatiladi.