Yilnoma, solnoma

Yilnoma, solnoma-tarixiy asar. Yilnoma, odatda, tarixiy voqealarning bevosita ishtirokchisi yoki guvohi bo’lgan qatlam ahli tomonidan yoziladi. Yilnoma muallifi muarrix (tarixchi) deb nomlangan. Yilnoma yozish Sharq mamlakatlarida qadimdan mavjud bo’lib, VIII asrdan hijriy yil hisobi tarixning boshlanishi sifatida qabul qilingan. Arab va Eron Yilnoma (solnoma)chilari arab yozuvi qabul qilingan vaqtdanoq voqealarnin yilma-yil bayonini yoza boshlaganlar. XVII-XIX asrlarda yaratilgan Yilnomalarning mualliflari hukmron doiralarning faoliyatini, maqsad va manfaatlarini nazarda tutib ish ko’rganlar.