YUKAGIR YASSITOG’LIGI

YUKAGIR YASSITOG’LIGI — Rossiya Federatsiyasi Saxa Respublikasi va Magadan viloyatidagi yassitog’lik. Kolima daryosi o’rta oqimining o’ng sohilida joylashgan. Janubiy g’arbdan shimoli sharqqa 500 kilometrga cho’zilgan. Eni 250-300 kilometr. Relefi yassi, nurash kuchli. Shimoli G’arb tomon pasayib boradi. O’rtacha balandligi 300-400 metr. Baland qismi — Janubda (Chubukulax kryajining eng baland joyi 1128 metr). 400— 500 metr balandlikkacha siyrak daraxtli o’rmonlar, tayga mavjud. Undan yuqorida tog’tundrasi boshlanadi.