YUKAGIRLAR

YUKAGIRLAR (o’zlarini detkil deb atashadi) — Saxayakutiya va Magadan viloyaty (Rossiya Federatsiyasi) dagi xalq. 1,1 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Yukagir tilida so’zlashadi. Dindorlari rasman xristianlikni qabul qilgan bo’lsada, shamanlik saqlanib qolgan. Asosiy mashg’ulotlari — ovchilik, bug’uchilik.