ZAMONAVIY JAMIYAT

ZAMONAVIY JAMIYAT — jamiyatlarning rivojlanish jarayoniga ko’ra ajratilgan ikki turidan biri. Zamonaviy jamiyatga sanoati rivojlangan davlatlar kiradi. Bu jamiyatlarning ijtimoiy munosabatlar tizimida shaxs eng oliy qadriyat sifatida e‘tirof etiladi. Zamonaviy jamiyatlar pragmatizm, ratsionalizm, tanlash erkinligi, mulkchilik; madaniyatlar muloqoti kabi umumiy qadriyatlar asosida rivojlanadi. Erkin individlar fuqarolik jamiyatini tashkil etadilar. Hukumat va ratsional byurokratiya ularning oldida mas‘uldir.