Ziro’

Ziro’ (arabcha)-qadimgi uzunlik o’lchov birligi; ko’pgina Sharq mamlakatlarida qo’llanilgan. Forsiylarning gaziga, turkiylarning qarisiga to’g’ri keladi; o’rtacha qiymati 54,04 santimetr. Ishlatilish joyiga qarab har xil qiymatga ega bo’lgan. Eronda 1 Ziro’=1 gaz bo’lsa, Boburiylar davlatida shoh Ziro’i mavjud bo’lib, u 81,28 santimetrga tenge di. Akbarshoh 1 Ziro’ni 83,31 santimetr deb belgilagan. Agrada 1647 yili rasmiy ravishda 1 Ziro’=81,28 santimetr deb qabul qilingan. Musulmon mamlakatlarida qo’llanilgan Ziro’ning yana 48,9 santimetrda 145,608 santimetrgacha qiymatlarga ega 20 dan ortiq turi mavjud bo’lgan.