Zoviya

Zoviya (arabcha)-o’rta asrlarda din ilmlarini o’rgatish uchun qurilgan takya, darvishlar zikr tushadign maskan, xonaqoh. Ibn Battutaning xabar berishicha, Zoviyaga kelgan har bir yo’lovchi dastlab hammomga kirar, so’ngra uni taom bilan mehmon qilishardi va kechqurun Qur’on o’qilardi, tunda esa hammani tahajjud namoziga uyg’otishardi.