ZO’RCHA

ZO’RCHA (Silena conica L.) — chinniguldoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t, bo’yi 10-25 santimetr, poyasi oddiy, yuqori qismidan shoxlaydi. Barglari nashtarsimon. Gullari pushti. Tojbargi 17— 20 millimetr. Shohcha uchlariga 1-2 tadan o’rnashgan. O’zbekistonning hamma viloyatlarida adir va tog’ etaklarida tarqalgan. Aprel—iyulda gullab meva beradi. Ildizida zaharli glikozid — saponin bor.