Qoravoylar
Qoravoylar — kurakoyoqli qushlar turkumining bir oilasi. 31 turi mavjud. Bir turi (uchish qobiliyatini yo’qotgan) Galapagos orollarida, qolganlari Yevropa, shimoliy Amerika, Osiyo, Afrika, Avstraliya, Yangi Zelandiyada tarqalgan. Tanasining uzunligi 55-92 santimetr. Ko’pchiligi qora tusda. Yaxshi suzadi va sho’ng’iydi. Qoravoylar koloniya bo’lib, dengizlar, suv havzalari qirg’og’idagi qoya, daraxt, qamishzorda uya yasaydi. 4-5 ta tuxum qo’yadi. Inkubatsiya davri bir oy davom etadi. Poloponlari 7-8 oyligida ucha boshlaydi. Asosan, baliqlar bilan oziqlanib, baliqchilikka bir oz zarar yetkazadi. O’zbekistonda katta qoravoy va kichik qoravoy kabi turlari uchraydi. Qoravoylarning 3 turi tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro Ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.