Ichki bozor
Ichki bozor — muayyan mamlakat doirasida tovarlar va xizmatlar ayirboshlanadigan bozor. Ichki bozor ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida vujudga keladi. Mahsulotlar tovar sifatida tayyorlanganda kishilar o’zlari tayyorlagan mahsulotlarni bozor vositasida almashtirib, bir-birlari bilan munosabatda bo’ladilar. Ichki bozor turli ijtimoiy- iqtisodiy tuzumda turlicha bo’lgan. Bozor munosabatlari rivojlangan sari mavjud korxonalarni kengaytirish va yangilarini qurish uchun ishlab chiqarish vositalariga talab orta boradi. Natijada iste’mol buyumlariga talab ham kuchayadi. Biroq ommaning xarid quvvati cheklanganligi sababli, bozor hajmining o’sishi ishlab chiqarishning o’sishidan orqada qoladi. Aholining ko’pchiligi yollanma ishchiga, ishchi kuchi esa tovarga aylanadi.