Donolar aql haqida
Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, yaxshi, foydali, ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r iste’dodga ega, yomon ishlardan o’zlarini chetga olib yuradilar. Abu Nasr Forobiy
Oqil kishining aqli uning do’stidur, Johilning o’z nomi o’ziga haqoratdur. Yusuf Xos Hojib Aql mash’aldur, qara, u ko’rga ko’zdir, O’lik tanga jon, soqovga tildir. Yusuf Xos Hojib Aqlsiz kishi mevasiz yog’och, Mevasiz daraxtni nima qilsin och. Yusuf Xos Hojib Aqlli kishidan odamiylik keladi. Yusuf Xos Hojib Nodon kishining aqli qumga o’xshaydi, Agar unga daryo oqsa ham to’lmaydi. Yusuf Xos Hojib Aql – er kishiga ming uquvning boshi bo’lur. Yusuf Xos Hojib
Belgi bo’lsa odam yo’ldan, aqli bo’lsa, so’zdan adashmaydi. Mahmud Koshg’ariy
Baxt belgi ilm va aqldir. Mahmud Koshg’ariy
Aqli yo’q hayvondurur yo fahmi hissi yo’q-jism. Otoyi
Aqli tengsiz ersa, andisha qon, O’rtasida gavhari ma’ni nihon. Haydar Xorazmiy Vale har kishi bo’lsa ahli uqul, Taammulsiz ish aqli etmas qabul. Alisher Navoiy Yuz ganj kishiga aqldin hosildur, Yo’qtur anga faqru foqa, kim oqildur. Alisher Navoiy Kim aql yo’lida tutsa ma’vo oxir, Tong yo’q el ichinda bo’lsa dono oxir. Fahm aylamagi har ishga avlo oxir. Kim, aql dalilidur madoro oxir. Alisher Navoiy Dedi: har ishki, qilmish odamizod, Tafakkur birla bilmish odamizod. Alisher Navoiy
Aql yo’q ko’rsatuvchi va… eshik ochuvchidir. Xondamir
Aqlning to’g’ri yo’l ko’rsatishi orqali yaxshi bilan yomonni, foyda bilan ziyonni, to’g’ri bilan xatoni farq qilinadi. Xondamir
Bas kishi kim oqulu dono durur, Aqlu xushi birla tavono durur. Ogahiy Ulki bor aqlu hushu fahmi raso, Xulqi xushdur ham halim koni hayo. Roqim Aqlu davlat bir-biridan ajralmas, Aqli yo’qlar davlat qushin tutolmas. Ahmad Donish Odami aqlu navokatda suluv, Bo’lsa axloqi sadoqatda suluv. Anbar Otin Oqil o’g’lon bilg’ay oqil qadrini, Lek oni shaxsi nodon bilmag’ay. Ahmad Tabibiy Kimki oqillar so’ziga qilsa tobe’ o’zini, Yetgusi oxir murodin manzilig’a begumon. Almaiy