ABDUG’ANIYEV

ABDUG’ANIYEV Otag’iyos (1859-1927)-buxorolik tanburchi. Shashmaqom cholg’u yo’llarini puxta egallab, har bir maqom kuyini o’ziga xos uslubda ijro etgan. 1920 yildan Abdug’aniyev Buxoro Sharq musiqa maktabida Shashmaqom cholg’u (tanbur) yo’llaridan dars bergan. 20-yillarning boshlarida Abdurauf Fitrat tashabbusi tufayli Abdug’aniyev ijrosidagi Shashmaqom cholg’u yo’llari ilk marta notaga yozib olinib, nashr etilgan.