ABDULLAXO’JAEVA

ABDULLAXO’JAEVA Malika Samadovna (1932.28.11, Moskva) — patolog-anatom, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1980). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi. (2000). Tibbiyot fanlari Doktori (1968), professor. (1970), ToshTIni bitirgan (1956). Toshti Markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi mudiri (1960 — 62), O’zbekiston rentgenologiya, radiologiya va onkologiya ilmiy tadqiqot instituti patomorfologiya va gistoximiya laboratoya mudiri (1963-69), toshti (1969 – 90), 1990 yildan 2-toshti patologik anatomiya kafedrasi mudiri. Abdullaxo’jayevaning ilmiy ishlari, asosan nerv sistemasining immunopatologiyasi, geografik patologiya va tibbiyot tarixi masalalariga bag’ishlangan, O’zbekistonda tibbiyot sohasidagi yangi yo’nalish — transplantasiyey immunopatologiya asoschisi. O’zbek va rus tillarida chop etilgan birinchi patologik anatomiya darsligining (1997) muallifi. Kaliforniya shtatining faxriy fuqarosi (1986 yildan).