ABDURAHMON III

ABDURAHMON III (891-961) – Qurtuba amiri (912 yildan), xalifasi (929 y.dan). Qullardan tashkil topgan gvardiya (xos qo’shin) tuzgan. O’rta dengizda eng kuchli flot barpo etgan. Abdurahmon III hukmronligi — qurtubalik umaviylarning qudrat cho’qqisiga etgan davri hisoblangan.