ABO

ABO (Arabcha — jun mato) — erkaklarning uzun ustki kiyimi (kalta eng, paxtasiz, avrasi jun yoki ip matoli). Qadim Sharqda uni ko’pincha qalandar va darvishlar kiygan. Abo Turkistonga Islom dinining tarkalishi natijasida kirib kelgan. U to’n ma’nosida 7 – asrdan ma’lum. Abo nomi turkiy adabiyotda 14 – asr shoiri Sayfi saroyining «Guliston» asarida kiyim ma’nosida tilga olingan. Bu kiyimni 14-15 – asrlarda yuqori tabaqa kishilari kiygan. 20-asrning 20 – yillarigacha Samarqand va Buxoro amaldorlari kimmatli gazlamalardan kashta tikib, toshlar qadab bezatilgan Abo kiygan. Aboning noyob namunalari muzeylarda saqlanmoqda. 20-asrning 70-80- yillaridan san’atkorlarning sahna kiyimi sifatida kiyishi urf bo’ldi.

ABO — Finlyandiyadagi Turku shahrining shvedcha ikkinchi rasmiy nomi.