Bilasizmi?

Abstrakt san’at nima?

Abstrakt san’at — rassomchilikning shakllar va chiziqlarning nihoyatda soddalashtirilishi bilan ajralib turuvchi turlaridan biri. Shuning uchun ham kartina-suvratlarda nimalar tasvirlanganini ilg’ab olish oson emas. Abstrakt san’at deyilganida 1910 yildan keyin yaratilgan asarlar tushuniladi. Ulardan munazzam mazmunni izlab o’tirmangiz. Agar siz shaklning qandaydir unsurini topgudek bo’lsangiz ham, bu narsaning tasodifiy ekanligini bilmog’ingiz lozim. Yo’qsa, sizning ilg’agan narsangiz abstrakt san’atga endi mansub bo’lmay qoladi. Abstrakt san’at shunchaki chiziqlar, bo’yoq chaplanishi yoki tomizilishidan iborat. Ranglar spektri salmoqli emas, foydalanilgan shakllar ham kam sonli. Istiqbolning o’zi ham xuddi san’atniki singari qorong’udir. Kartina-suvratlarning ahamiyatini faqat uning yaratuvchisigina tushuntirib berishi mumkin. Bunday axborotga ega bo’lmagan tomoshabinning kartinani o’zicha idrok etishi uchun tayanch nuqtasi sanalmaydi. Ba’zi paytlarda shunday bo’ladiki, abstraktsionist-rassom boshqa mo’yqalam sohiblari uchun natura bo’lib xizmat qiladigan qandaydir buyumga hatto qaramasligi ham mumkin. U shunchaki qandaydir g’oyadan ilhomlanadi. Biroq bu borada ham qandaydir konkret unsurni izlash bag’oyat asossiz bo’lib chiqadi. Bunday abstrakt asarlar nom o’rniga ko’pincha raqamga ega bo’ladi va «kompozisiyalar» deb ataladi. Amalda siz abstrakt san’at ko’rgazmasiga tashrif buyurganingizda, o’zingiz xohlagan har qanday narsani tasavvur qilib ko’rishingiz mumkin. Sezdingizmi, bu narsa unchalik ham yomon emas ekan-a?