Bilasizmi?

Syurrealizm nima?

Mazkur uslub taxminan 1920 yilda paydo bo’lgan. U, eng avvalo, rassomchilikka xos bo’lsada, adabiyot ham uning rivojlanishida muhim mavqe kasb etdi (fransuz shoiri Andre Breton uning asoschisi sanaladi). Syurrealizm kinoda ham, masalan, Jan Kokto asarlarida uchraydi. Syurrealizmning asosiy xususiyati — odamzot qay tariqa o’ylashini, uning fikrlari zohiriy ifodasini tasvirlab berish. Aqlu shuur olami judayam ajabtovur. O’z tushlaringizda siz go’yoki mavjud va demakki, siz uchun real bo’lgan narsalarni ko’rishingiz muharrar. O’zgalar nazdida sizning tushlaringiz haqiqatdan yiroq, real bo’lmagan, g’ayritabiiy va tabiiyki, ularni birovlarga tushuntirib bo’lmaydi. Aynan shu tarzda, syurrealistlar ham o’z botiniy-ichki olamini buyumlar va timsollar orqali xotiradan tasvirlab berishga harakat qiladilar. Odatdagi timsollar o’zgaradi, ularning qirralari go’yo bo’rtib ketadi, tasvirlanmishlar o’z qonunlarigagina ko’ra yashaydigan ro’dapolarga evriladi. Salvador Dalining rasmlarida ular go’yo an’an’aviy tasvir tariqasida chizilgan. Masalan, olov izdihomida qolib ketgan jirafa yoki ortidan tayoqlar bilan suyab turilgan odamlar.