Tanker nima?

Dengiz orqali neft va boshqa suyuqliklarni tashish uchun tsisterna-kemalardan foydalaniladi. Ularni inglizlar «tankerlar» deb ataydi. 1976 yilda qurib ishga tushirilgan Yaponiyaning «dengiz giganti» supertankeri — shu paytgacha mavjud bo’lgan tankerlarning eng yirigidir. Uning uzunligi 458 metr va ichiga 565.000 tonna xom neft ketadigan sig’imlidir. Belgilangan bandargohlarda (portlarda) neft kemalardagi tsisterna (tank)lardan neft quvurlariga oqiziladi yoki hovuzlarga ag’dariladi. Shundan keyin neftni qayta ishlovchi zavodlarga jo’natilib, u yerda neftdan benzin va boshqa yonilg’i moddalar ajratib olinadi. Neftni tashish miqdorini kamaytirish uchun juda katta sig’imli supertankerlar quriladi. Hozirgi kunda o’z ichiga 500 ming tonnagacha xom neft va neft mahsulotlarini sig’diradigan neft quyiluvchi kemalar bor. Bunday miqdordagi yonilg’i ko’p millionli aholisi bor shaharlarga yarim yillik muddatga etadi. Shuningdek, dengizlarda shatakchi kemalarga tirkab neft tashiladigan yirik plastik ballonlarning loyihalari ham mavjud. Dunyodagi eng bahaybat neft platformasi esa Norvegiyaning Stavanger bandargohida qurilgan. Uni o’z joyiga o’rnatish uchun esa 8 shatakchi kema zarur bo’ldi. Bu platforma 816.000 tonna og’irlikka ega bo’lib, dunyodagi eng ulkan «harakatlanuvchi inshoot» hisoblanadi.