ADENOMA

Ma’nosi

ADENOMA (Yunoncha aden — bez va ota — o’sma) — bezlarning xavfsiz o’sma kasalligi. Adenoma ko’pincha sut bezi, qalqonsmon bezlar, tuxumdon, me’da-ichak yo’llarining shilliq pardasi, jigar, buyrak va buyrak usti bezlari, bachadon, prostata bezida uchraydi. Adenoma odatda yumaloq, qobiqqa o’ralgan bo’ladi. Ba’zi Adenomalar (bachadon, me’da-ichak yo’lida uchraydiganlari) xavfli o’smalarga aylanishi mumkin. Davosi: jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar