ADRIATIKA DENGIZI

ADRIATIKA DENGIZI – O’rta dengizning bir qismi, yarim berk dengiz. Apennin va Bolqon yarim orollari oralig’ida. Janubda Otranto bo’g’ozi orqali Ioniya dengizi biln tutashgan. Maydoni 144 ming kilometr kvadrat. O’rtacha chuqurligi 200 metr, eng chuqur yeri 1230 metr. Sharqiy qirg’og’i yaqinida Dalmasiya orollari bor. Tempertaturasi suvning yuza qatlamida avgustda 24-26 gradus, fevralda 7-13°. Sho’rligi 35-38% gradus. Suv ko’tarilishi va qaytishi yarim sutkali (1,2 metr). Baliq ovlanadi. Shelf qismidan neft va gaz qazib olinadi. Venetsiya va Triest qo’ltiqlari bor. Portlari: Triest, Venetsiya (Italiya), Split (Xorvatiya), Durres (Albaniya). Sharqiy sohilida kurortlar bor.