AHLI HAQ bular kimlar?
AHLI HAQ (fors, Arabcha — «haqiqat kishilari») — Eron va unga qo’shni mamlakatlarda tarqalgan shialarning yashirin jamoasi. Eronlik shialar Ahli haq tarafdorlarini «aliilohiylar» deb ataydilar. Bu jamoa taxm. 14-asrda vujudga kelgan. G’arbiy Eron va Sharqiy Turkiyaga, keyinchalik Afg’oniston, Iroq, Suriya, Ozarbayjonning Janubga yoyilgan. Ahli haq Ali azaldan ilohiy va u Odamatodan to Muhammad (sav)ga qadar bo’lgan payg’ambarlarda, shia imomlari va kelajak mahdiyda mujassamlanadi, deb hisoblaydilar. Ahli haq Jannat va do’zaxni inkor etib, jonning yangicha shaklga kirishiga ishonadilar. Ular darvishlarga o’xshab jazavaga tushadilar. Hozirgi vaqtda Ahli haq Turkiyada shialarning taxm. 90%ini, Afg’onistonda 15%dan ortig’ini, Eronda 8%ga yaqinini tashkil qiladi.
O‘xshash so‘zlar
- AHMAD (MIRAK) MIRZO kim bo’lgan?
- AHMAD AL-FARG’ONIY kim bo’lgan?
- AHMAD BAXSHI MATNAZAR O’G’LI kim bo’lgan?
- AHMAD BOG’ISHAMOLIY kim bo’lgan?
- AHMAD DONISH MAXDUM IBN NOSIR kim bo’lgan?
- AHMAD IBN ASAD kim bo’lgan?
- AHMAD IBN MUSO IBN SHOKIR kim bo’lgan?
- AHMAD IBN SA’DIDDIN O’ZGANDIY kim bo’lgan?


