AHMEDOV UMRZOQ kim bo’lgan?
AHMEDOV UMRZOQ (1887-1954) -marg’ilonlik yog’och o’ymakori. Qo’qon va Marg’ilon o’ymakorlarining an’analarini rivojlantirdi. O’yma bezakli eshik, darvoza va boshqa me’moriy qurilmalar ustasi sifatida Shuhrat qozondi, «Ustoi xudrod» («Mustaqil ishlovchi usta») laqabini olgan. U lo’la pardoz uslubida yog’ochga naqshlar solgan, ilk bor yog’och o’ymakorligida qora lok bilan ishlashni qo’llagan. Ahmedovning ayrim asarlari O’zbekiston davlat san’at muzeyi va respublika amaliy san’at muzeyida saqlanmoqda.
O‘xshash so‘zlar
- AHMEDOV RUSTAM
- AHMED IAJUDDIN
- AHMEDOV SOLI kim bo’lgan?
- AHMEDOV BO’RI kim bo’lgan?
- AHMEDOV YOQUB kim bo’lgan?
- AHMEDOV SHOKIR kim bo’lgan?
- AHMEDOV TURSUN kim bo’lgan?
- AHMEDOVA NAZIRA kim bo’lgan?


