AKVARIUM

Uch litrli idishni ham, baliqlarni boqish uchun mo’ljallangan dengiz suvi bilan to’ldirilgan ulkan hovuz— okeanariyni ham akvarium deb atash mumkin. Odatda bolalaming birinchi akvariumi oddiy shisha idishdan iborat bo’ladi; ichiga qum solib o’simlik o’tqazilgan yoki chig’anoq tashlangan shisha bankaga hovuzdan tutib olingan baliqchalami solib qo’yasiz. Qarabsizki, akvarium tayyor. Akvariumni oftobda qoldirish mumkin emas, chunki oftobda akvarium suvi qizib ketib, undagi baliqchalar nobud bo’ladi. Akvariumga ko’p non ushog’i solinganida ham rangi xiralashib qoladi. Shuning uchun baliqlami boqishda akvarium ularning «uycha»si ekanligini unutmaslik kerak. Baliqchalar bunday uychada hovuz, anhor yoki ko’ldagi kabi erkin yashashi kerak. Shu tufayli akvariumni o’rnatishdan avval baliqlar va akvarium haqidagi kitoblarni diqqat bilan o’qib chiqish yoki kattalar bilan maslahatlashish lozim. Qaysi baliqlarni qanday boqish, akvariumga qanday chig’anoqli shilliqqurtlarni solish mumkin emasligini aniq bilish zarur. Masalan, chig’anoqli hovuz shilliqqurti o’simliklarni shikastlashi mumkin. Akvarium bilan shug’ullanishni tovonbaliqchalar yoki ularga yaqin bo’lgan oltin baliqchalar hamda boshqa turiar vualdum, teleskop, kometa kabi baliqchalami boqishdan boshlash zarur. Bu baliqchalar harorati 20 darajagacha bo’lgan suvda o’zini yaxshi his qiladi. Akvariumni isitkich asboblari: batareyalar va pechkaga yaqin qo’ymaslik lozim. Yilning sovuq paytlarida esa akvariumni derazadan uzoqroqqa joylashtirish zarur. Suv harorati 14 darajadan past bo’lsa baliqchalar kasallanishi va nobud bo’lishi mumkin. Ekzotik baliqchalardan qilichdum, guppi, makropodlar akvarium sharoitida yaxshi yashaydi. Bu baliqchalar issiqsevar bo’lib, ular yashaydigan suvning harorati 25 daraja atrofida bo’lishi kerak. Akvarium suvi qaytargichli elektr lampasi yordamida isitiladi. Lampa akvariumning tashqi tomoniga osib qo’yiladi. Baliqchalarni akvariumga qo’yib yuborishdan avval uni yaxshilab tayyorlash lozim. Akvariumdagi lak va bo’yoq hidini yo’qotish uchun unga limmolim qilib suv to’ldirib, ikki-uch kun saqlanadi. So’ngra suvni to’kib tashlab, akvarium tubiga 5— 6 santimetr qalinlikda yaxshilab yuvilgan nam qum solinadi. Ana shundan so’ng akvariumga o’simlik o’tqaziladi. O’simlik akvarium uchun manzarali bo’lish bilan birga suvni kislorodga boyitib ham turadi. Akvarium uchun turli shaklli va rangli o’simliklar tanlab olinadi. To’q yashil, qizil yoki jigarrang bargli yirik o’simliklar burchaklarga va kuzatuvchidan uzoqroqdagi devor bo’ylab, och yashil tusli o’simliklar markazga (yorug’ yaxshi tushadigan joyga) o’tqaziladi. Akvarium old devori bo’ylab barglari kertikli, mayda o’simliklarni o’tqazgan ma’qul. O’rta mintaqalarda akvariumga oddiy shoxbarg, uchma patbarg, elodeya, shuningdek, suvyaproq, kabomba, o’qbarg kabi o’simliklarni o’tqazish mumkin. Keyin ehtiyotlik bilan akvarium ning 3/4 qismigacha suv to’ldiriladi. O’simliklarni va akvarium tubidagi qumni qo’zg’atib yubormaslik uchun suvni voronkadan quygan ma’qul. Shundan so’ng akvariumga qalqib yuruvchi richchiya yoki ryaska (lemnya) o’simligi tashlab qo’yiladi. Akvariumga o’simlik o’tqazildi va suv quyib bo’lindi, lekin baliqchalarni qo’yib yuborishga hali vaqt erta, avval undagi o’simlik o’zini tutib olishi va suv tinishi lozim. Bir necha kun o’tib, suv tiniq bo’lgandan so’ng akvariumga baliqchalami qo’yib yuborsa bo’ladi. Tovonbaliq, oltin baliqcha va shunga o’xshash baliqlar kuniga bir martadan oziqlantiriladi. Ularga yaxshisi tirik oziq (parvona kapalak, nay o’ragich bergan ma’qul. Baliqchalarga mayda qilib kesilgan go’sht va jigar bo’lakchalari, non ushoq bersa ham bo’ladi. Ekzotik baliqchalar parvona kapalak, dafniya (suv burgasi) va sikloplar bilan kunora boqiladi. Baliqlarga quritilgan oziq (quritilgan dafniya yoki siklop) faqatgina tirik oziq bo’lmagan hollardagina beriladi. Baliqchalarga oziqni juda ko’p tashlamaslik kerak. Ortiqcha quruq oziq akvarium tubiga cho’kib, chiriydi va suvni ifloslantiradi. Bordi-yu suv hidlanib yoki xiralashib, suv tubi ifloslanib ketsa nima qilish kerak? Bunday hollarda akvariumdagi suvni katta bankaga olib, unga baliqchalarni solib qo’ying. Bankaga faqat akvarium suvidan solish zarur. Chunki boshqa suvning harorati akvarium suvidan sovuq bo’lishi mumkin; bu baliqchalar uchun xavfli, baliqchalar haroratning keskin o ‘zgarishini yoqtirishmaydi. Baliqchalar bankaga olingandan keyin akvariumdagi eski suvning ko’p qismini to’kib tashlab, uni barcha iflos cho’kindilardan tozalanadi. Akvarium ­ga tindirilgan yangi suv quyib to’ldiriladi. Yangi quyiladigan suvning harorati akvariumdagi avvalgi suvning harorati bilan bir xilda bo’lishi lozim. Shu ishlarni bajargandan keyingina baliqchalarni yana akvariumga qo’yib yuborsa bo’ladi. Akvariumda barcha qit’a suv havzalarida uchraydigan baliqlarni asrash mumkin. Iliq rejimli akvariumlarda tirik tug’uvchi amerika karptishlilaridan guppi, qilichdum, petsiliy, limiy, girardinuslar asraladi. Ko’pincha, bitta akvariumda Osiyo baliqlaridan danio, barbuslar va kardinallar yoki o’zidan yorug’lik chiqaruvchi Janubiy Amerika baliqlaridan neonlar, svetlyachoklar asralishi mumkin. Shuni doimo yodda tutingki, uyingizda baliqchalar yayrab yashashi kerak. Shundagina akvarium sizga quvonch baxsh etadi.