ALAND OROLLARI

ALAND OROLLARI, Axvenanma — Boltiq dengizida, Botnik qo’ltig’iga kiraverishda; 6,5 mingdan ortiq granit Orol (balanligi 132 metrgacha) va qoyalardan iborat. Finlyandiya tarkibida. Maydoni 1,5 ming kilometr kvadrat. Aholisi 25 ming kishi chamasida. Yer yuzasi sertepa. Iqlimi mo’tadil, dengiz iqlimi. Yillik yog’in 550 millimetr. Aralash o’rmonlar, butazorlar va o’tloqlar bor. Baliq ovlanadi, dengiz kurortlari mavjud. Aland orollari 1809 yilgacha Shvetsiya tasarrufida, so’ngra (1917 yil dekabrgacha) Rossiya hukmronligida bo’lgan. 1921 yilda Millatlar Ligasi Kengashi Finlyandiyaning Aland orollari ustidan suverenitetini tan oldi. 1921 yilgi Jeneva konventsiyasiga muvofiq Aland orollari demilitarizatsiya qilingan. 2-jahon urushidan so’ng yangidan demilitarizatsiya qilindi (1947).