ALKILLASH

ALKILLASH — organik moddalarga bir valentli alkil guruhlarini kiritish. Alkillash reaktsiyasiga komponentlarning kontsentrasiyasi va o’zaro nisbati, katalizatorlar hamda temperatura va boshqa omillar ta’sir qiladi. Texnikada Alkillash yo’li bilan yuqori oktanli yonilg’i (izooktan va boshqalar), benzol gomologlari (kumol, etilbenzol va boshqalar) va ko’pgina boshqa birikmalar olinadi. Shuningdek Alkillashdan bo’yoq, dorivor moddalar, oddiy va murakkab efirlar, maxsus uglevodorodlar va boshqa moddalarni sintez qilishda foydalaniladi.