ALKILLOVCHI MODDALAR
ALKILLOVCHI MODDALAR – yog’ qatori uglevodorodlarining bir valentli radikallarini organik birikmalar molekulalariga kiritish xususiyatiga ega bo’lgan moddalar. Alkillovchi moddalar dori vositalari olishda qo’llaniladi. Ular tsitostatik ta’sir etuvchi moddalar bo’lib, o’smalarni davolashda immuno-depressantlar (novembixin, tsiklofosfin va boshqalar) sifatida ishlatiladi.