ALLOPATIYA

ALLOPATIYA (Yunoncha allos — boshqa, yot va pathos — dard) — nemis vrachi S. Ganeman kiritgan termin. U Gomeopatiya degan davolash sxemasini ishlab chiqib, o’z zamonidagi mavjud davolash usullariga qarshi qo’ydi va uni Allopatiya deb atadi. Ganeman Allopatiya kasallikni davolashda uning belgilariga qarama-qarshi belgilarni yuzaga chiqaruvchi dorilardan foydalanishni tavsiya etadi. Zamonaviy tibbiyot kasallik belgilarini davolamay, balki kasallik sabablarini bartaraf qilishga intiladi va qarama-qarshi davolash tartibiga amal qilmaydi, shuning uchun zamonaviy tibbiyotga Allopatiya termini to’g’ri kelmaydi.