ANANAS

ANANAS (Ananas) — ananasdoshlar (Bromeliaceae) oilasiga mansub o’tlar turkumi (urug’i). 5 — 6 turi ma’lum. Asosan, Amerika qit’asining tropic hududlarida va Osiyoning Filippin, Tayvan orollarida o’sadi. Barglari qalin, uzun, xanjarsimon. Ekiladigan Ananas (Ananas Sativus) Amerika va Tayvandan boshqa joylarda ham o’sadi. Bu to’rning mevasi qubba shaklidagi to’p mevadan iborat, og’irligi 2 — 5 kilogramm, tusi sarg’ish, xushxo’r. Ho’l meva yoki konserva holida iste’mol qilinadi. Ba’zi turlarining barglaridan ipaksimon noziq tolalar ham olinadi.