ARSENOPIRIT haqida nimani bilasiz?
ARSENOPIRIT (mishyak kolchedani) — sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi FeAsS. Qo’shimchalari: So, Ni, Ai. Qattiqligi 5,5 — 6. Sof og’irligi 5,9 — 6.3. Rangi kumush tusli oqdan kul ranggacha. Metallsimon yaltiroq, mo’rt, donador va cho’ziq agregatlardan iborat bo’lib, kristall shaklida ham uchraydi. Ko’pincha gidrotermal konlarning yuqori va o’rta temperaturali zonalarida kvars, pirit kabi minerallar bilan uchraydi. Asosan mishyak, oz miqdorda kobalt va oltin olinadigan mineral. O’zbekistonning deyarli barcha polimetall konlarida uchraydi.
O‘xshash so‘zlar
- ARSHAK haqida nimani bilasiz?
- ARSHAKIYLAR Parfiya podsholari sulolasi haqida nimani bilasiz?
- ARSHAKIYLAR Parfiyadagi arshakiylar sulolasiga qardosh bo’lgan shohlar sulolasi haqida nimani bilasiz?
- ARSHI A’LO haqida nimani bilasiz?
- ARSHIN haqida nimani bilasiz?
- ARSHIY XO’JAJAHON YA’QUB kim bo’lgan?
- ARSIMOVICH LEV ANDREYEVICH kim bo’lgan?
- ARSIN haqida nimani bilasiz?











