ARYAVARTA haqida nimani bilasiz?
ARYAVARTA («oriylar mamlakati») — shimoliy Hindistonning Markaziy qismining qadimgi hindlar tomonidan atalishi. Qadimgi hindlarning tasavvuricha, Aryavarta mamlakatida Hindistonning boshqa xalqlariga qaraganda «olijanob» kishilar yashagan. Bunday qarashlar bejiz bo’lmagan, albatta, chunki Hindistonning aynan mana shu qismi qadimgi hind tamadduni (tsivilizasiyasi)ning o’chog’i, Mauriyalar davlati joylashgan o’lka bo’lgan. Bu yerda Brahmanizm, buddizm va jaynizm kabi dinlar shakllangan, unda yashagan xalqlarning adabiy tillari — Sanskrit va pali — butun Hindistonning adabiy tiliga aylangan.
O‘xshash so‘zlar
- ARZAMAS
- ARZAMI
- ARZHOVLI
- ARZIRUM
- ASAD HAFIZ kim bo’lgan?
- ASAD haqida nimani bilasiz?
- ASAD IBN ABDULLOH kim bo’lgan?
- ASADIY TUSIY ABU MANSUR ALI IBN AHMAD kim bo’lgan?











