ASQAROVA SALIMA kim bo’lgan?
ASQAROVA SALIMA (1922.29.5 — Toshkent — 1997.16.4) — mikrobiolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), biologiya fanlari Doktori (1971), professor (1973). Tolali o’simliklar tajriba stansiyasi (1956 — 58), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti (1960 — 63) Direktori, Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1971 — 83), shu institutda biologiya kafedrasi mudiri (1983 — 86), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya institutida ilmiy konsultant (1988 yildan). Ilmiy ishlari aktinomisetlarning hayot faoliyatiga, ularning O’zbekistonning asosiy tuproqlarida ekologik-geografik tarqalish qonuniyatlarini va aktinomisetlarantagonistlar tarqalishining amaliy muhim xususiyatlarini aniqlashga hamda ularning g’o’za kasalliklari (vilt, gommoz, ildiz chirishi va boshqalar) ning qo’zg’atuvchilari bilan o’zaro munosabatini o’rganishga bag’ishlangan. Shuhrat medali bilan mukofotlangan (1995).
O‘xshash so‘zlar
- ASQAROV AKRAM kim bo’lgan?
- ASQAROV AHMADALI kim bo’lgan?
- ASQAROVA MAZLUMA kim bo’lgan?
- ASQAROV MUHAMMADVALI kim bo’lgan?
- ASQAROV AKBAR ASQAROVICH kim bo’lgan?
- ASQAROV MIRHOJI ASQAROVICH kim bo’lgan?
- ASQAROV ULUG’BEK AKBAROVICH kim bo’lgan?
- ASR haqida nimani bilasiz?

