ASTEROTEKA haqida nimani bilasiz?
ASTEROTEKA (Asterotheca) — qirqquloqdoshlar oilasiga mansub sporali o’simliklar turkumi. Faqat qazilma holda uchraydi. Barglari murakkab, yirik va uch karra patsimon. Sporali va sporasiz yaproqchalarining tuzilishi o’xshash. Qazilma holda Asterotikaning sporali, sporasiz barglarining izlari va sporasi O’rta Osiyo (Nurota, Hisor tog’lari) va boshqa hududlarda topilgan. Asterotikaning 15 ga yaqin turi ma’lum.
O‘xshash so‘zlar
- ASTIGMATIZM haqida nimani bilasiz?
- ASTMA haqida nimani bilasiz?
- ASTON Frensis Uilyam kim bo’lgan?
- ASTRAGAL haqida nimani bilasiz?
- ASTRAL E’TIQODLAR haqida nimani bilasiz?
- ASTRAXANIT haqida nimani bilasiz?
- ASTRAXON haqida nimani bilasiz?
- ASTRAXON VILOYATI haqida nimani bilasiz?






