ATABASKA haqida nimani bilasiz?
ATABASKA — Kanadaning g’arbidagi ko’l, Makenzi daryosi sistemasida. Chuqurligi 60 metrgacha, maydoni 7,9 ming kilometr kvadrat. Sharqdan g’arbga tomon oy shaklida cho’zilgan. Shimoliy qirg’oqlari baland, qoyali, Janubi— pasttekislik. Oktabr oyining oxirida muzlab, iyunda eriy boshlaydi. Ko’lga Atabaska daryosi quyiladi. Undan qullar daryosi oqib chiqadi. Baliq ovlanadi, kemalar qatnaydi. Atabaska hududida uran rudasi konlari topilgan.
O‘xshash so‘zlar
- ATAKA BURCHAGI haqida nimani bilasiz?
- ATAKAMA BOTIG’I haqida nimani bilasiz?
- ATAKAMA haqida nimani bilasiz?
- ATAKAMIT haqida nimani bilasiz?
- ATAKSIT haqida nimani bilasiz?
- ATAKSIYA haqida nimani bilasiz?
- ATALA haqida nimani bilasiz?
- ATALMISH QAVCHIN haqida nimani bilasiz?

