ATMOSFERADAGI KUCHLI OQIM haqida nimani bilasiz?
ATMOSFERADAGI KUCHLI OQIM — yuqori troposfera va stratosfera qatlamlarida deyarli doim gorizontal yo’nalishda katta (30 metr/sekund va undan yuqori) tezlik bilan harakatlanadigan havo oqimi. Ko’ndalang kesimi 300 — 400 kilometr kvadrat, qalinligi 6 — 10 kilometr va uzunligi bir necha ming kilometr bo’lishi mumkin, ayrim hollarda esa yer sharini o’rab oladi. Atmosferadagi kuchli oqimda atmosfera kinetik energiyasining asosiy qismi to’plangan. Atmosferadagi kuchli oqim o’qida shamol tezligi 60 — 80 metr/sekund, ba’zi hollarda 100 — 150 metr/sekund va undan katta. Atmosferadagi kuchli oqimda tezlikning vertikal gradient har kilometrga o’rtacha 5 — 10 metr/sekund bo’lib, gorizontal gradient undan taxminan 100 martacha kichik.
O‘xshash so‘zlar
- ATMOSFERADAGI OPTIK HODISALAR haqida nimani bilasiz?
- ATMOSFERADAN TASHQI ASTRONOMIYA haqida nimani bilasiz?
- ATMOSFERADAGI TEMPERATURA INVERSIYASI haqida nimani bilasiz?
- ATMOSFERANING ISSIQLIK BALANSI haqida nimani bilasiz?
- ATMOSFERANING NURLANISH BALANSI haqida nimani bilasiz?
- ATOIY shoiri haqida nimani bilasiz?
- ATOLL haqida nimani bilasiz?

