Dozirovaniye, miqdorlash nima degani
Dozirovaniye, miqdorlash nima degani – tibbiyotda organizmga biron-bir ta’sir me’yorini aniqlash; masalan, nurlanish energiyasi, dori vositasi miqdori, jismoniy mashqlar hajmi va boshqalar.

Dozirovaniye, miqdorlash nima degani – tibbiyotda organizmga biron-bir ta’sir me’yorini aniqlash; masalan, nurlanish energiyasi, dori vositasi miqdori, jismoniy mashqlar hajmi va boshqalar.
Dixaniye rebernoye ili grudnoye, qovurg’alar bilan (ko’krak bilan) nafas olish nima degani – qovurg’alarning ko’tarilishi va shu yo’l bilan ko’krak qafasining kengayishi natijasida o’pkaga havo kirishi, ayollarga xos holat.
Dixaniye iskkustvennoye, sun’iy nafas olish nima degani – odatdagi nafas to’xtab qolganda uni tiklash maqsadida har xil maxsus usullar bilan o’pkaga havo kiritish.
Dixaniye diafragmalnoye, diafragmal nafas olish nima degani – nafas harakatlarida diafragma va qorin mushaklarining ko’proq qisqarishi hisobiga bo’ladi. Ko’pincha erkaklarga xosdir.
Dixaniye bronxialnoye, bronxial nafas olish nima degani – ovoz teshigi orqali havo o’tayotganda hosil bo’ladigan tovushlar. To’qima zichlanganda o’pkaning ustida eshitiladi.
Dixaniye amforicheskoye, amforik nafas olish nima degani – o’pkadan shisha (butilka)ga puflaganda chiqadigan tovush eshitilishi (masalan, o’pkada kaverna bo’lganda shunday tovush eshitiladi).
Dixaniye, nafas nima degani – murakkab uzluksiz biologik jarayon bo’lib, organizmga tashqi muhitdan kislorot olib kirilishni va unga oksidlanish mahsuloti – karbonat angidrid gazini chiqarishni ta’minlaydi.
Duokrinin nima degani – o’n ikki barmoq ichak shilliq qavatidagi taxmin qilinadigan gormon, uning bezlari (brunner bezlari) sekret ajratishini qo’zg’atadi.
Diodenostaz nima degani – o’n ikki barmoq ichak harakat faoliyatining buzilishi, ichakda ximus uzoq saqlanib turishi bilan tavsiflanadi; epigastral sohada to’mtoq og’riq, ovqatdan keyin ko’ngil aynishi, qusish bilan namoyon bo’ladi.
Dixaniye shumnoye, shovqinli nafas olish nima degani – nafas shovqini uzoq masofada ham eshitishi bilan tavsiflanuvchi nafas olish (masalan, Kussmaul nafas olishi).