AFALINA
AFALINA, qora delfin (Tursiops trunsotus) — kitsimonlar turkumi delfinlar oilasining bir turi. Uzunligi 3,9 metr, og’irligi 280 kilogrammgacha; xdanasining orqa tomoni qora, qorin tomoni oq. Mo’tadil va iliq suvli dengizlarda … Read More
AUTEKOLOGIYA (Yunoncha autos — o’zi va ekologiya) — ekologiyaning har xil muhit omillarining (asosan abiotik omillar) alohida turlarga va populyasiyalarga ta’sirini o’rganadigan bo’limi.
AUTSAYDERLAR – 1) «begona», «yovvoyi» deb nom olgan mustaqil kichik va o’rta korxonalar. Biror sabab bilan muayyan aniq bir tarmoqlar doirasida tashkil topadigan monopolistik birlashmalar va kelishuvlarga kirmaydi. Ko’pincha Autsayderlar … Read More
AUTSAYDER (inglizcha outsider — chet, begona) — qoloq, oxirgi. Musobaqada oxirgi o’rinlardan birini egallab kelayotgan sportchi yoki jamoa.
AUTRAYT (inglizcha outright) — oddiy muddatli valyuta bitimi. To’lovlarni tomonlar qat’iy belgilagan muddatlarda «forvard» kursi (narxlar o’zgarishini hisobga olgan holda) bo’yicha to’lashni nazarda tutadi.
AUTOINFEKTSIYA (Auto… va infektsiya) — organizmdagi mavjud mikroorganizmlar ta’sirida kasallik paydo bo’lishi. Odam organizmida oddiy sharoitda kasallik qo’zg’atmaydigan va shartli patogen mikroblar deb ataladigan turli mikroorganizmlar uchraydi. Qulay sharoitda (organizmning … Read More
AUTOINTOKSIKATSIYA (Auto…, lotincha — ichga va Yunoncha toxicon — zahar) — normal hayot faoliyatida, shuningdek organizmning o’zida ishlab chiqariladigan zaharli moddalar bilan o’z-o’zini zaharlashi. Autointoksikatsiyaga asosan moddalar almashinuvi jarayonida yoki … Read More