ADANA

ADANA, Sayhon — Turkiyaning Janubiy qismidagi shahar, Sayhon daryosi bo’yida. Adana eli (viloyati) ning ma’muriy markazi. Aholisi 916 ming kishi (1990). Yirik savdo, sanoat markazi, temir yo’l stantsiyasi, avtomobil yo’llari … Read More

ADAN QO’LTIG’I

ADAN QO’LTIG’I – Arabiston dengizidagi qo’ltiq. Arabiston yarim oroli bilan Somali yarim oroli oralig’ida joylashgan. Uzunligi qariyb 900 kilometr eni 300 kilom gacha. Chuq. 3680 metrgacha. Bob-ul-Mandab bo’g’ozi orqali qizil … Read More

ADAN

ADAN (Adan) Adolf Sharl (1803.24.7 – 1856.3.5) – frantsuz kompozitori. 40 dan ortiq opera yozgan. «Nyurenberg qo’ng’iroqlari» operasi, «Jizel», «Korsar» baletlari mashhur. «Jizel» baleti (1841) bilan frantsuz baletida romantik yo’nalishni … Read More

ADAMSTAUN

ADAMSTAUN — Tinch okean Janubiy- sharqidagi Pitkern oroli (Britaniya mulki) ning ma’muriy markazi. Aholisi qariyb 100 kishi. Port. Baliq ovlanadi.

ADAMSIT

ADAMSIT, digidrofenarsazin xlorid, HN(C6H4)2AsCl — sariq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 195°, qaynash temperaturasi 410°, zichligi 1648 kilogram/metr kub, hidsiz. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda kam eriydi. Adamsit difenilamin (C6H5)2NH va margumush … Read More

ADAMS USULI

ADAMS USULI — integrallarni taqribiy hisoblash va differentsial tenglamalarni taqribiy yechish usullaridan biri. J. Adams tomonidan 1855 yilda taklif etilgan. Tenglamalarni Adams usulida yechish odatda jadvallar shaklida bajariladi.

ADAMS

ADAMS (Adams) (1722.27.9 -1803.2.10) — Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. «Ozodlik o’g’lonlari» inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-kontinental Kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. … Read More

ADAMOV

ADAMOV Leon Tigranovich (1929.26.10, Qo’qon) – O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan me’mor (1989). O’rta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1954). 1954 — 92 yillar Toshkentdagi ilmiy tadqiqot va loyihalash institutlarida me’mor va bosh … Read More

ADAMAR

ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal — 1963.17.10, Parij) — frantsuz matematigi. Frantsiya Fanlar Akademiyasi a’zosi. Matematikaning turli sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev … Read More

ADAM

ADAM (Arabcha — yo’qlik) — O’rta Sharq falsafasida yo’qlikni bildiradigan tushuncha. ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Kerkoldi — 1792.3.3, London) — ingliz me’mori va Binokor. 18-asr ingliz klassisizmining yirik vakili. Edinburg … Read More