AVUARLAR
AVUARLAR (Fransuzcha avoir — mulk) — 1) bankning to’lovlar to’lanadigan va majburiyatlar qoplanadigan mablag’lari (chek, veksel, pul o’tkazmalari, akkreditivlar, qimmatbaho qog’ozlar, oltin, chet el valyutasidagi pul vositalari); 2) banklarning xorijiy mamlakat banklarida saqlanayotgan chet el valyutasidagi mablag’lari. Bunday mablag’lar odatda xorijiy Avuarlar deb ataladi va mablag’ joylashtirilgan mamlakat yurisdiktsiyasiga bo’ysunadi; 3) xususiy shaxs va tashkilotlarning banklardagi omonatlari.
O‘xshash so‘zlar
- AVUARLAR
- AVUNKULAT
- AVURSAK
- AVURTA
- AVVAL ADIRLARI
- AVVAL BAHOR
- AVVAL NEFT KONLARI
- AXAGGAR qanaqa tog’ligini bilasizmi?

