Haydarov O’tkirbek Abdujalilovich

Haydarov O’tkirbek Abdujalilovich (1974.25.1, Andijon shahri) — bokschi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi (2000), «O’zbekiston iftixori» (1999). 75 va 81 kilogramm vazn toifalarida O’zbekiston (1996, 1998, 2000), Osiyo (2002, Seremban), … Read More

Haydarov Xoliqul Haydarovich

Haydarov Xoliqul Haydarovich (1933.16.3, Sariog’och, Chimkent viloyati) — O’zbekiston xalq rassomi (1977). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1954). Toshkent viloyati Kalinin (hozirgi Zangiota) tumanidagi 15-o’rta maktabda rasm o’qituvchisi … Read More

Haydarov Nuriddin Usmonovich

Haydarov Nuriddin Usmonovich (1957.1.8, Oqqo’rg’on tumani — 2004.3.10, Toshkent) — estrada xonandasi. O’zbekiston xalq artisti (2003). Shirali va jozibador ovoz sohibi. Farg’ona pedagogika institutini tugatgan (1978). Farg’ona viloyati (1980-1986) va … Read More

Haydarov Boriy Azizovich

Haydarov Boriy Azizovich (1909.23.12 – Toshkent — 1986.21.5) — aktyor, dublyaj rejissyori. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1969). Leningrad sahna san’ati institutini tugatgan (1932). Faoliyatini «O’zbekkino»da boshlab (1928-29), so’ngra «Lenfilm», … Read More

Haydarov Akbar

Haydarov Akbar, Akbarqori Hofiz (1893.1.5, Marg’ilon — 1964.13.2, Toshkent) — xonanda va sozanda (tanbur, dutor), O’zbekiston xalq hofizi (1939). Dastlab xonandalik yo’llarini hamda dutor chertishni otasi Haydar hofizdan o’rgangan; qorixonada … Read More

Haydarobod sultonligi

Haydarobod sultonligi -Hindistondagi sultonlik (1724— 1950). Unga telugu, maratha, kannara va boshqa xalqlar yashaydigan hududlar kirgan. Boburiylar davlati tanazzulga uchrab, mayda sultonlik, knyazlik va boshqalarga bo’linib ketgach, vujudga kelgan. 1724 … Read More

Haydarobod

Haydarobod — Hindistondagi shahar, dekan yassitog’ligining Markaziy qismida, Musi va usi daryolari qo’shilgan erda joylashgan. Andhra-Pradesh shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 3,04 million kishi (2001). Hindiston Janubiy qismining muhim iqtisodiy, tarixiy … Read More

Haydarkon simob koni

Haydarkon simob koni -Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatidagi kon. Olay tog’larining shimoliy yon bag’ridagi Farg’ona simob-surma mintaqasining Sharqiy qismida. Farg’ona viloyati So’x shahridan 19 kilometr shimoliy- Sharqda. Kon 1926 yilda topilgan. … Read More

Haydaraliyev Hamdam

Haydaraliyev Hamdam (aslida Tosh-Xo’ja Rasulxo’jayev) (1887, Namangan — 1922, Shahrixon) — o’zbek xalq professional artisti, raqqos, ashulachi, chavandoz. Sahnada katta ashula, raqs bilan lapar ijro etgan. «Ot o’yin» tomoshasida otning … Read More

Haydar Xorazmiy

Haydar Xorazmiy (14-asrning oxiri — Xorazm — 15-asrning 1-yarmi) — shoir. O’zbek mumtoz adabiyoti namoyandalaridan biri. Hayoti va ijodi haqida ma’lumot Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», «Muhokamat … Read More