Qatag’on, qatag’onlar

Qatag’on, qatag’onlar — o’zbeklar tarkibidagi yirik qabila. Afg’oniston shimoliy rayonlari (Qunduz va Toshqo’rg’on), Tojikiston (Ko’hitang tog’ining Sharqiy yon bag’irlari, Vaxsh, Surxon, Panj va Yaxsu daryolarining bo’ylari)da, O’zbekiston hududida, asosan, Qashqadaryoning … Read More

Qapag’on xoqon

Qapag’on xoqon (? 716) Turk xoqonligi hukmdori (691-716). Uning ismi O’rxun bitiktoshlarida Qapag’an, Xitoy yilnomalarida esa Mochjo shaklida uchraydi. U Ikkinchi Turk xoqonligining asoschisi bo’lmish akasi Eltarish xoqon vafot etgach, … Read More

Qanotsimon jabralilar

Qanotsimon jabralilar, patjabralilar — ikkilamchi og’izlilarga mansub chalaxordali hayvonlar sinfi. Dengizlarda, odatda, o’troq, ko’pincha koloniya bo’lib yashaydi. Ichki organlarining tuzilishi va rivojlanishi bosqichlari bilan ichakdan nafas oluvchilarga o’xshaydi. Tanasi kalta … Read More

Qandag’och

Qandag’och — qayindoshlar oilasiga mansub barg to’kuvchi daraxt va butalar turkumi. Asosan, Shimoliy yarim sharda 50 ga yaqin turi ma’lum. Yevrosiyo, Shimoliy Amerikada hamda Janubiy Amerika tog’larida tarqalgan. Qandag’ochning qora … Read More

Qamariddin

Qamariddin (14-asr) Mo’g’uliston xoni (1365 — taxminan 1390 yilboshi). Dug’lat qabilasidan. Mo’g’uliston davlati asoschilaridan Amir Po’lodchining ukasi. Ilyosxojani o’ddirib taxtni egallab olgan. Tug’luq Temur avlodlarini qatl ettirgan. Amir Temur davlati … Read More

Qalmoq tili

Qalmoq tili — mo’g’ul tillaridan biri; asosan, Roassiya Federatsiyasining Qalmog’iston Respublikasida, Astraxon va Rostov viloyatlari hamda Stavropol o’lkasida, qisman XXR va Qirg’izistonda tarqalgan. Qalmoq tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni 180 ming … Read More

Qalamtasvir

Qalamtasvir — chiziqlar asosida grafika vositalari (qalam, Pero, tush va boshqalar) yordamida yaratiladigan tasvir, chizgi. Tasviriy san’at, amaliy san’at va me’morlikda muhim o’rin tutadi: asarning asosi tekis yuza (qog’oz)da uning … Read More

Qayroqqum suv ombori

Qayroqqum suv ombori — Farg’ona vodiysining g’arbiy qismidagi gidrotexnika inshooti (Tojikiston va O’zbekiston hududida). Sirdaryoni to’sgan Qayroqqum gidrouzeli to’g’oni bilan hosil qilingan; 1956-58 yillarda to’ldirilgan. Suv yuzasi maydoni 513 km2, … Read More

Qorasuv madaniyati

Qorasuv madaniyati – arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirgi choragi va 1-ming yillikning boshlari). Janubiy Sibir, Qozog’iston va Ob daryosining yuqori qismida yashagan qabilalarning manzilgoh va mozorqo’rg’onlari. Arxeolog S.A.Teplouxov … Read More