Qorasuv madaniyati

Qorasuv madaniyati – arxeologik madaniyat (miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxirgi choragi va 1-ming yillikning boshlari). Janubiy Sibir, Qozog’iston va Ob daryosining yuqori qismida yashagan qabilalarning manzilgoh va mozorqo’rg’onlari. Arxeolog S.A.Teplouxov 20-yillarda Xakasiyaning Qorasuq daryosi vohasida o’tkazgan arxeologik qazishlar natijasida topgan. Toshdan yasalgan ma’budalar, turli mehnat va harbiy qurollar, jimjimador sopol idishlar, dastalariga hayvon suratlari solingan jez pichoq va boltalar, bilaguzuk va boshqalar topilgan. Arxeologik topilmalar Qorasuv madaniyati qabilalarining Mo’g’uliston, Shimoliy Xitoy, Qozog’iston va O’rta Osiyo aholisi bilan iqtisodiy va madaniy aloqada bo’lganligini ko’rsatadi.